Biz haqimizda
Turli sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda yo‘l qo‘yiladigan biokinematik va biodinamik xatolarni aniqlash va bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish, olingan ma’lumotlar asosida sportchilarning 3D grafik va matematik modellarini yaratish hamda qishki sport turlarida sportchilarning harakat tayyorgarligini nazorat qilish va baholash uchun 3D veb portalini yaratish maqsadida “Innovatsion rivojlanish agentligi” ko‘magida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “3D sports 360°” biomexanik laboratoriyasi tashkil etildi.
3D Sports 360° web portali
3D Sports 360° web portali (bundan keyin portal deb ataladi) barcha sport turlari bo‘yicha (suv sport turlaridan boshqa) shug‘ullanuvchi sportchilarning 3D modellari asosida tayanch-harakat apparati to‘g‘risida ma’lumotlarini skeleti xolatining og‘ish burchaklari asosida o‘zgarish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni baholash hamda korreksiya qilishga mo‘ljallangan.
Laboratoriyada olib boriladigan quyidagi ishlar yoritiladi:
Integrallashgan harakatni qo‘llash texnologiyasi tufayli STT Systems tomonidan ishlab chiqilgan 3 DMA dasturi hamda Optitrack tomonidan ishlab chiqilgan Prime-13 kameralari to‘plami yordamida to‘liq va ob’yektiv ma’lumotlarni taqdim etiladi;Biomexanik nazorat natijalarining tahliliga ko‘ra harakatlarning biodinamik, biokinematik jihatlariga baho beriladi.
Sportchilarda kuch, tezkorlik, chidamkorlik sifatlari oshishi uchun ilmiy ko‘rsatmalar beriladi.
Jarohatlarni oldini olish va sportchilarning optimal jismoniy holatini ta’minlash imkoniyatini taqdim etadi.
